Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
HARBIY VATANPARVARLIK TADBIRI O‘TKAZILDI

HARBIY VATANPARVARLIK TADBIRI O‘TKAZILDI

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qiziltepa tuman bo’linmasi tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi, Yoshlar ishlari bo‘limi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topgan sananing 33 yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tumandagi 7532-harbiy qismda “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” mavzusida ochiq eshiklar kuni, harbiylar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda mardlik, sadoqat va jasorat tuyg‘ularini rivojlantirish hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida tashkil etilgan tadbirda yoshlar harbiy texnikalar, qurol-aslahalar hamda askarlarning harbiy qismdagi hayoti bilan yaqindan tanishib, ma’lumotlar olishdi. 

Shu o‘rinda yoshlar ham ushbu maskanga qilgan sayohati, harbiy xizmatchilarning hayoti, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishish davomida vatanga xizmat qilishdek mas’uliyatli burchni ado etishni o‘z oldilariga maqsad qilishdi.

Slide 1 of 7