Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
G‘oya-tashabbuslarimiz “yo‘l xaritasi”

G‘oya-tashabbuslarimiz “yo‘l xaritasi”

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari vakillari bizning elektoratimiz, bizga yaqin bo‘lgan insonlardir. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, videoselektor yig‘ilishda belgilangan vazifalar partiyamiz g‘oya va tashabbuslarini amalga oshirishda “yo‘l xaritasi” vazifasini bajaradi.

XDP Andijon viloyat Kengashidagi partiyamiz guruhi shahar, tumanlardagi deputatlik guruhlari bilan birgalikda yolg‘iz yashaydigan qariyalarning ahvoli, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va yordamlarning sifatiga doimiy e’tibor qaratib kelamiz.

Shuningdek, maktabga qatnash imkoni bo‘lmagan bolalarga uyda yakka tartibda ta’lim berish, birlamchi tibbiyot muassasalarida ko‘p bolali, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan oilalarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning holati kabi masalalarni uyma-uy o‘rganamiz. Yurtdoshlarimiz bilan suhbatlashganimizda ularning bugungi o‘zgarishlardan mamnunligiga guvoh bo‘lamiz va bu bizga kuch beradi.

13-dekabrda Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ehtiyojmand hamyurtlarimizga ko‘rsatiladigan xizmatlar va yordamlar natijadorligi yanada ortishini eshitib, ilhomlandik. Yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar kelgusi faoliyatimizda dasturulamal bo‘ladi.

Muqaddasxon SULTONOVA,

O‘zbekiston XDP Andijon viloyat kengashi raisi,

viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari.

Slide 1 of 1