Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Mingbuloqda sayyor qabul

Mingbuloqda sayyor qabul

✔️Uchquduq tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Uchkun Yelmuratov boshchiligida tuman ishchi guruhi tomonidan Mingbuloq aholisi bilan bevosita muloqot uyushtirildi. Mingbuloq ovuli tuman markazidan uzoqda joylashganligi tufayli bunday sayyor qabullar mahalliy aholining ijtimoiy muammolarini hal etishda katta ahamiyatga ega.

🚛Qabul davomida sog‘liqni saqlash, ta’lim, uy-joy, isitish tizimi va moddiy yordamga oid murojaatlar tinglandi. Shuningdek, ish so‘rab qilingan murojaatlar ham ko‘rib chiqildi.

✔️Sayyor qabul jarayonida bildirilgan taklif va aniqlangan muammolar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Aholi tomonidan ovulda ijtimoiy dorixona tashkil etish yuzasidan bildirilgan taklif ma’qullanib, 2025-yil yanvar oyidan mingbuloqliklar uchun "Ijtimoiy dorixona" faoliyati yo‘lga qo‘yilishi belgilab olindi va tez tibbiy yordam mashinasi qayta ta’mirlanadigan bo‘ldi.

Slide 1 of 9