Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
“Tashabbusli budjet” loyihalari ob’ektlari deputatlar nazoratida

 “Tashabbusli budjet” loyihalari ob’ektlari deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi “Tashabbusli budjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni
qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 117-son Qarori ijrosi doirasida 2024-yilning birinchi bosqichida “g‘olib” - deb topilgan Chilon hamda Jalayer mahalla fuqarolar yig‘ini binolarini yangitdan qurish bo‘yicha “Palandem” hamda “Muhandis
me’mor” mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tomonidan olib borilayotgan ishlar holati o‘rganildi. 

O‘rganishlar davomida deputatlar Chilon mahalla fuqarolar yig‘ini binosini qurish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xolatidan qoniqish hosil qilgan bo‘lsalarda, “Muhandis me’mor” MChJ tomonidan Jalayer mahalla fuqarolar yig‘ini binosining qurish bo‘yicha ishlarini sust olib borilayotganligi yuzasidan jamiyat mas’ullariga e’tirozlarini bildirdilar va ishlarni jadallashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdilar. Shuningdek, mazkur ob’ektda olib borilayotgan ishlarni qat’iy deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha kelishib oldilar.   

Deputatlar tomonidan joylarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.  

Slide 1 of 6