Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi raisining tegishli farmoyishi bilan Avliyakulov Akmal Avazovich - Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining kotibiyat mudiri lavozimiga tayinlandi.
Akmal Avliyakulov 1972-yilda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 1992-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – tarix va jamiyatshunoslik fani o‘qituvchisi. Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi deputati.
Mehnat faoliyati davomida turli yillarda Surxondaryo viloyati Bojxona xizmati organlarida mas’ul vazifalarda, shuningdek, mahalla raisi, mahallalar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, tuman hokimining maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Bunga qadar ham Akmal Avliyakulov Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashining oltinchi chaqirig‘ida Kengash kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.