Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati F.Abdurazzaqov tumandagi Gʻ.Hamidov rahbarlik qilayotgan veterinariya dorixonasi ish faoliyati bilan tanishdi. Bundan tashqari Ishtixon tuman dehqon bozori sanitariya holati, xaridor va sotuvchilarga yaratilgan qulayliklar, Veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyasida mahsulotlarni tekshirilishi, baliq, tovuq va mol goʻshtlari va chakki mahsulotlari sotilishiga ruxsat etiluvchi ruxsatnoma (maʼlumotnoma) yuzasidan SEO va JSS boʻlimi, bozor maʼmuriyati xodimlari ishtirokida oʻrganish ishlari olib bordi. Oʻrganishda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi.