Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi raisi Fazliddin Ruziyev, hudud deputatlari B.Xidirov, N.Kiyamov va S.Abdug‘aniyev hamda tuman prokurori Uchqun Butunov tomonidan Mitan shaharchasining “Qo‘chqor Qarshiyev” mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida mahalla aholisi o‘zlarini taklif va muammolar haqida murojaat qildi.
Uchrashuvda barcha murojaatlar diqqat bilan eshitilib, ayrim masalalar joyida hal etildi.
Murakkabroq muammolar bo‘yicha esa tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi. Shuningdek, aholi bilan ochiq muloqot qilish va mavjud muammolarni tizimli ravishda hal etish maqsadida qo‘shimcha uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirildi.