O‘zLiDeP xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bo‘lib o‘tadigan saylovlarning mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning ertangi yorug‘ kelajagini bunyod etishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi. O‘zLiDeP saylovoldi dasturida 5 maqsad, 500 vazifa ijrosini o‘z zimmasiga olayotganini ta’kidlandi.
Targ‘ibot tadbirida aytib o‘tilganidek, O‘zLiDeP keyingi besh yillikda tadbirkorlar sonini 3 million nafardan oshirishni, kambag‘allik ko‘lamini ikki karra qisqartirib, aholini tadbirkorlikka jalb qilishning mahallabay dasturlarini ishlab chiqishni o‘zining ustuvor vazifasi, deb biladi.
Shuningdek, O‘zLiDeP yoshlar uchun maxsus uy-joylar qurish va har yili mingta yosh oilaga imtiyozli ipoteka kreditlari berishni taklif qilmoqda. Partiyaning bu tashabbusi mamlakatimizda yashayotgan har bir o‘g‘il-qizning vatanli bo‘lishdek ezgu niyati ro‘yobiga xizmat qiladi. Yig‘ilishda partiya saylovoldi dasturidagi boshqa muhim vazifalarga ham to‘xtalib o‘tildi, ishtirokchilar bo‘lajak saylovlarda O‘zLiDeP uchun ovoz berishga chaqirildi.