Xalqaro kuzatuvchilar Surxondaryo viloyatida
Davlat vakillik organlari saylovlarida uzoq muddatli kuzatuvchi
sifatida mamlakatimizga tashrif buyurgan YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari
byurosi vakillari Xaynek Kristian Oliver (Avstriya) hamda Erdenebat sengel (Mongoliya)
Surxondaryo viloyatda o‘z missiyasini boshladi.
Bugun – missiyasining
birinchi kunida xalqaro kuzatuvchilar viloyat hududiy saylov komissiyasi faoliyati
bilan tanishdi. HSK raisi Zebuniso Alimardonova yangilangan saylov qonunchiligi
bo‘yicha o‘tkaziladigan bu yilgi saylovlarning o‘ziga xos xususiyatlari, saylovga
tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida
ma’lumot berdi.
O‘zaro muloqot
chog‘ida xalqaro kuzatuvchilar shu paytgacha tanishganlari asosida viloyatimizda
saylovlarga tayyorgarlik borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi.