Tuman hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-32-sonli Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida Boysun tumanidagi “Mustaqillik” mahalllasi hududida turar joylar qurilish ishlarini ko‘zdan kechirib, quruvchi tashkilot mas’ullari bilan uchrashdi.
✅ Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-iyuldagi PQ-259 sonli qaroriga asosan 2024-yilda Boysun tumanining ichki ko‘chalarini joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
✅ Jumladan, tumanning Avlod mahallasidagi “Yakarcha” ko‘chasining 540 metr ichki yo‘llari joriy ta’mirlanib, qora qoplamali asfalt yotqizish ishlari bajarilmoqda.