O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-sonli qaroriga muvofiq Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi deputati Z. Eshmurodova tomonidan Sherobod tumani «Qulluqsho» MFY hududidagi 21-son maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish ishlarining holati bo‘yicha deputatlik nazorati olib borildi va mutasaddilarga ishlarning sifati bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.