O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ–706-IV-sonli Qarori ijrosi yuzazidan Sherobod tumani hokim o‘rinbosari, oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Aminova hamda Cho‘yinchi saylov okrugidan saylangan deputat N.Saidova "mahalla yettiligi" ishtirokida yig‘ilish tashkil etib, “Cho‘yinchi” mahallasida istiqomat qiluvchi xotin-qizlaraning mavjud muammo kamchiliklar bilan yaqindan tanishdi.
Suhbat davomida Xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka keng jalb etish chora-tadbirlari ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushintirish ishlari olib borildi.