Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Xalq roziligi – oliy maqsadimiz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-31-sonli qaroriga asosan mamlakatimizdagi har bir mahallada hokim yordamchisi lavozimi joriy etildi.

Shu vaqtdan boshlab aholining bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, bir so‘z bilan aytganda turmush farovonligini oshirish maqsadida yangi joriy qilingan mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari xizmat faoliyatiga kirishdi.

Xususan, Nurobod tumanidagi barcha 39 ta mahallalarda hokim yordamchilari faoliyat yuritib kelmoqda. Ular orasida faqatgina “Arabota” MFY hokim yordamchisi Gavxar Isayeva ayol kishi bo‘lib, u hech bir jabhada erkak hamkasblaridan ortda qolayotgani yo‘q, balki ba’zi jabhalarda faolligi va tashabbuskorligi bilan o‘rnak ham bo‘lib kelmoqda.

G.Isayevaning so'zlariga ko'ra:

“ Bugungi kunda Arabota MFYda 5363 nafar aholi, ya’ni 1346 nafar oila istiqomat qilib keladi. Xizmat faoliyatim davomida 262 nafar fuqaro mavsumiy ishlarga joylashtirilgan bo‘lsa, 365 nafar fuqaro o‘z-o‘zini band qilib, 321 nafar fuqaro legallashtirildi.

Bundan tashqari, 77 nafar fuqaroga turli yo‘nalishlar bo‘yicha imtiyozli kreditlar berilib, shulardan 29 nafari chorvachilik yo‘nalishi, 21 nafari artezian qudug‘i qazdirib dehqonchilik qilish, 14 nafar xotin-qizlar tikuv mashinasi, 8 nafar fuqaro payvandlash apparati, 3 nafari “Lifan” rusumli yuk motosikli, 2 nafar fuqaro qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun katta pishiriq pechi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha kreditlar olib, bugungi kunda o‘zlarining halol mehnati ortidan oilasiga daromad keltirmoqda.

“Temir daftar”, “Ayollar”, “Yoshlar” daftari kabi ijtimoiy himoya ro‘yxatlarida turgan 31 nafar ishsiz fuqarolarga subsidiya asosida asbob-uskunalar berildi.

Jumladan, 24 nafar fuqarolarga tikuv mashinalari, 2 nafar fuqaroga motokultivator, 2 nafar fuqaroga payvandlash apparati, 2 nafar fuqaroga overlok, 1 nafar fuqaroga pishiriq pechi berilib, bugungi kunda ular o‘z-o‘zini band qilinib, aholiga qilayotgan xolis xizmatlari evaziga o‘z rizqlarini topib kelishmoqda.

Shuningdek, Arabota MFY qoshida kasb-hunarga o‘qitish o‘quv markazi tashkil etilgan bo‘lib, unda 78 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitilib, shundan 65 nafari tikuvchilik bo‘yicha sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. O‘quv markazi bugungi kunda ham qator kasb-hunar bo‘yicha mutaxassislarni yetishtirib bermoqda.

Shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, erishilayotgan ushbu muvaffaqiyatlar faqat bir o‘zimning emas, mahallamiz yettiligining birgalikdagi, hamkorlikdagi mehnatlari samarasi deb hisoblayman"

Bugungi kunda mahalladagi yettilik a’zolari aholi og‘irini yengil qilish, turmush farovonligini oshirishdek sharafli yo‘lda astoydil, hamjihatlik bilan mehnat qilib kelmoqda.

Slide 1 of 1