Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Boysun faxri

 BIZNIKI! 

  

Pahlavonim
Muzaffar To‘raboyevga! 

  

Bu tog‘lar
bizniki, dashtlar bizniki! 

Alpomishim
surgan gashtlar bizniki! 

G‘olib
Muzaffarning ko‘ksin to‘ldirgan, 

Bilagiga
quvvat – shashtlar bizniki! 

  

Bir xil
to‘ylaydilar kambag‘al, boyi, 

Ko‘kibiyda
bir xil oftobi, oyi, 

Eshoni
Sudurning otilgan joyi, 

Yonog‘im
yondirgan yoshlar bizniki! 

  

Hech
cho‘pon to‘lini olmagan tugal, 

Ay, dunyo ishlaring
goho ko‘p chigal, 

Boysun
bayram qilib turibdi bu gal, 

Quvongan
har ko‘z-u qoshlar bizniki! 

  

Muzaffar,
otangga, onangga rahmat, 

Seni
Parvardigor aylasin izzat! 

Tomiringda
oqqan kuch emas, hikmat, 

Pirlar
nazar qilgan toshlar bizniki! 

  

Katoni* ko‘rgandim Termiz tomonda, 

Buddaday
jimgina qilardi xanda, 

Menga havas
bilan boqqan har onda, 

Tarix
bunyod qilgan choshlar bizniki! 

  

“Yo,
otamning piri!” deya ayqirgan, 

Tortgan
na’rasiga sherlar in qurgan, 

Shamolin
o‘nglagan, yo‘lini bergan, 

Mag‘rur
ko‘tarilgan boshlar bizniki! 

  

Ey, siz
yarim nonin baham ko‘rganlar, 

Yaxshi-yomon
kunda birga turganlar, 

Boysunni
olisdan yaxshi ko‘rganlar, 

Oybarchinim
suzgan oshlar bizniki! 

  

Men vatan
haqida aytmoqchi edim, 

Aslida bir
doston bitmoqchi edim, 

Quvonib, jimgina
ketmoqchi edim, 

Qanday jim
ketaman – xeshlar bizniki! 

  

Bu qurda
har kimning nasibasi bor, 

Muzaffar,
Bahodir, Diyora – shunqor! 

Hali
aytilajak gurunglar bisyor, 

Davramda
keksayu yoshlar bizniki! 

  

Muzaffar,
otanggga, onangga rahmat! 

Yaratganning
o‘zi aylasin izzat, 

Bronza
davridan kelyotgan odat – 

Vatan, deb
tikilgan boshlar bizniki! 

Vatan, deb
tikilgan boshlar bizniki! 

  

* Kato
Kyudzo - Termizda uzoq yillar ishlagan mashhur yapon arxeologi. 

  

  

️ Shodmonqul Salom