Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Chinoz tumani. “Sog‘liqni saqlashda sifat nazorati”

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Surayyo Axmedova tuman markazida joylashgan bir qator dorixonalar va tibbiy xizmat ko‘rsatish maskanlarida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, dori-darmonlar mavjudligi hamda narxlar barqarorligini o‘rganildi.

📝O'rganish davomida deputat dorixona xodimlari bilan suhbatlashib, aholining ehtiyoji yuqori bo‘lgan dori vositalari, bolalar uchun gigiyena mahsulotlari va mavsumiy dorilar bilan ta’minlanganlik holatini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, dorixonalarda hujjatlar yuritilishi, sanitariya talablari, xizmat madaniyati va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordam sifati bo‘yicha ham tahlillar olib borildi.

♻️Chinoz tibbiy diagnostika markazida esa bemorlarga ko‘rsatilayotgan tashxis xizmatlari, tibbiy uskunalarning ishlash holati, mutaxassislar faoliyati hamda bemorlarni qabul qilish jarayoni o‘rganildi. Deputat tomonidan xizmat sifatini oshirish, aholiga qulaylik yaratish va tizimli muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅Ushbu o‘rganish ishlari aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash, dorixonalarda dori vositalarining uzluksiz mavjudligini nazorat qilish va tibbiyot tizimida ochiqlik hamda samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4