Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Tuman markaziy stadionida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi.

  Tuman markaziy stadionida amalga
oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari deputatlar tomonidan o‘rganildi.
 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi
deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 6 martdagi
8-son bayoni bilan tasdiqlangan “Farg‘ona viloyati Quva tumanini jadal kompleks
rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish
to‘g‘risida”gi 03-03/1-778-son qarori ijrosi doirasida tuman markaziy stadionida
olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘rgandilar.
 

Mazkur loyihaning qiymati 3 milliard
199 million 170 ming so‘mni tashkil etib, qurilish-ta’mirlash ishlari “Mirzo Saodat”
MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
 

O‘rganish jarayonida deputatlar
asosiy e’tiborni stadiondagi ta’mirlash va qurilish ishlarining sifati, maydon infratuzilmasini
yangilash holati, tribunalarning bugungi holati hamda yoshlar va sportchilar uchun
yaratilayotgan sharoitlarga qaratdilar.
 

Shuningdek, o‘rganish davomida
aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha deputatlar pudratchi tashkilot rahbariyatiga ularni
bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdilar. Bundan tashqari, stadionga
tutash hududdagi aholi tomorqalarini sug‘orish uchun mo‘ljallangan, stadion chetidan
o‘tuvchi ariqning ko‘milib tashlangani haqida aholining e’tirozlari tinglandi. Mazkur
ariqni qayta qazish va suv oqishi uchun zarur sharoit yaratish bo‘yicha ham mas’ullarga
aniq vazifalar yuklandi.
  

Slide 1 of 9