Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Kelajagimiz egalari sog‘lom bo‘lsin!

Kelajagimiz egalari sog‘lom bo‘lsin!

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi deputatlari Ozodaxon Dadajonova va Shuxratjon Raximov Dilkusho mahallasidagi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga tashrif buyurib, kichkintoylarning ovqatlanish tartibi va taomlar sifati bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

• bolalarning to‘g‘ri va muntazam ovqatlanishi;

• taomlarning sifati, vitamin va foydali moddalarga boyligi;

• fast-fud mahsulotlari, gazli va energetik ichimliklarning sog‘liq uchun zararli oqibatlari;

• ta’lim muassasalari yaqinidagi savdo shoxobchalarida olib borilayotgan tushuntirish ishlari samaradorligi.

“Bugun bizning eng katta boyligimiz – farzandlarimizning sog‘ligidir. Ularning to‘laqonli, sog‘lom va baxtli ulg‘ayishi – ota-onalarninggina emas, balki butun jamiyatning, har birimizning sharafli burchimizdir. Har bir bola sog‘lom ovqatlanishi, sifatli ta’lim va tarbiya olishi uchun barcha sharoitlarni yaratish – barchamizning mas’uliyatimizdir.”

Bolalar sog‘ligiga befarq qarash mumkin emas. Ularning ovqatlanish tartibi, ma’naviy va jismoniy rivoji – ertangi kunimizning mustahkam poydevori hisoblanadi. Shu bois Xalq deputatlari doimo aholiga yaqin bo‘lib, amaliy ishlar orqali farzandlarimiz sog‘lig‘i va kelajagi yo‘lida mas’uliyatli faoliyat olib boradilar.

Slide 1 of 3