Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-222-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra mamlakat mustaqilligining 34 yillik sanasi Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot darajasi, jahon maydonidagi obro‘-e’tiboriga har tomonlama munosib tarzda, yuksak saviyada nishonlash belgilangan. Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi kotibiyati va kengashdagi O‘zbekiston XDP deputatlik guruhi tashabbusi bilan “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘limi, hokimlik davlat tili bo‘yicha maslahatchisi, shahar Barkamol avlod markazi bilan hamkorlikda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir “Ustoz va murabbiylar” bog‘ida tashkil etildi.

So‘zga chiqqanlar davlat mustaqilligining ahamiyati va mohiyati, yurtimizda, jumladan shahrimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari to‘g‘risida fikr yuritdilar. O‘z navbatida mehnat va partiya faxriylari yurtimizdagi mustaqillik sharofati ila tinchlik va osoyishtalikka shukuronalar keltirib, xalqimizni yanada farovon hayot kechirishlari uchun duolar qildilar. Barkamol avlod markazining yosh iqtidorli o‘quvchi yoshlari tomonidan ona Vatanimizni ulug‘lovchi kuy va qo‘shiqlari ijro etilib, tadbir ishtirokchilariga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.  

Slide 1 of 11