Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 17-Yangibo‘ston saylov okrugi deputati Axrorjon Ibodullayev boshchiligida mahalla raisi hamda xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda ajrim yoqasidagi oilalar va nizoli oilalar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Jumladan, "Yangibo‘ston" mahallasi "Ufq" ko‘chasida yashovchi R.Muxtarova oila a’zolari bilan suhbat davomida, uning turmush o‘rtog‘i To‘lqinjon hozirda ular bilan yashamasligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu oilaning 6 nafar farzandi bor. Oilani yarashtirish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, I.Shoyzakova xonadonida yuzaga kelgan nizolar o‘rganilib, ularning asosan moddiy ta’minot yetishmovchiligi sababli yuzaga kelgani aniqlandi. Nizolar bartaraf etildi. Oilani ijtimoiy reyestrga kiritish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi hamda zarur gaz ballon va plastik karta uchun ariza topshirildi.

Har ikkala oilaga deputat, mahalla raisi va xotin-qizlar faoli tomonidan tegishli maslahatlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

Slide 1 of 2