Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Jumavoy Rahmonqulov hamda viloyat ishchi guruhi a’zolari ishtirokida "Navbahor" mahallasida keng qamrovli uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida hududdagi dolzarb muammolar va ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi. Uchrashuvning asosiy maqsadi quyidagi masalalarni o‘rganish va hal etishdan iborat bo‘ldi:

1️⃣ “Navbahor” va “Ziyokor” mahallalari hududidagi 39 km zax suv oqava yo‘llarini tozalash masalasi ko‘rib chiqildi. Bu ishlar orqali ichimlik suvi tizimi xavfsizligi va sanitariya holatini yaxshilash ko‘zda tutilmoqda.

2️⃣ 10 dona zax suvni chiqarish (tik) quduqlarini qazish bo‘yicha ehtiyojlar va joy tanlovi o‘rganildi.

3️⃣ “Jarangdor”, “Jarangdor-1”, “Jarangdor-2”, “Tantana” va “Nihol” ko‘chalarini asfaltlash bo‘yicha rejalar ishlab chiqilmoqda. Ushbu infratuzilma loyihalari aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanishni ta’minlaydi.

4️⃣ 49- va 53-maktablar qurilishi holati o‘rganildi. Qurilish sifati, muddatlar va zaruriy ehtiyojlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

5️⃣ “YUR-5” kanalini betonlashtirish ishlarini “Mingterak” qishlog‘igacha olib borish masalasi muhokama qilinib, loyiha yakunini tezlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

6️⃣ Hududdagi eskirgan transformatorlar va simyog‘ochlarni almashtirish zaruriyati ko‘rib chiqildi. Bu elektr energiyasi ta’minotining barqarorligini oshirishga xizmat qiladi.

✅ Uchrashuv davomida deputat va ishchi guruh a’zolari aholi bilan ochiq muloqot olib borib, ularning fikr-mulohazalari va takliflarini tingladilar. Har bir masala yuzasidan amaliy choralar belgilandi.

Slide 1 of 4