Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, to‘qqizinchi sessiyasi 2025-yil 4-iyun kuni soat 09:00 da bo‘lib o‘tadi.

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, to‘qqizinchi sessiyasi 2025-yil 4-iyun kuni soat 09:00 da bo‘lib o‘tadi.

📍 Sessiya o‘tkazilish joyi: Ishtixon tumani hokimligi katta majlislar zali.

📝 Sessiya tuman hokimining 2025-yil 26-maydagi 128-7-95-Q/25-sonli qarori asosida chaqirilmoqda.

🗂 Sessiya kun tartibi quyidagi masalalardan iborat:

Yoshlar bilan ishlash holati yuzasidan hisobot

– O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlik guruhi tashabbusi asosida Ishtixon tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni tadbirkorlik va startap loyihalarga jalb etish borasidagi ishlar yuzasidan Ishtixon tumani Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i O. Akbarovning hisobotini eshitish.

Yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha hisobot

– Avtomobil yo‘llari infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘l harakatini tashkil etish tizimini takomillashtirish va ichki yo‘llarning holatini yaxshilash masalalari yuzasidan Ishtixon tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasi DM direktori hisobotini eshitish.

Tegishli qaror qabul qilish masalasi

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 24-fevraldagi KQ-101-V-sonli qarori (“Xalq deputatlari viloyat (tuman, shahar) Kengashlari kotibiyatlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”) asosida Ishtixon tumani Kengashi qarorini ishlab chiqish va qabul qilish to‘g‘risida.

“Ochiq budjet” doirasida “Mening bog‘im” loyihasi

– 2025-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilayotgan loyihalarni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida ma’lumot.

Ichki yo‘llarni ta’mirlash rejalari

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qarori asosida Ishtixon tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2025-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatni tasdiqlash.

Boshqa masalalar.

✅ Sessiyada barcha deputatlar, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va manfaatdor tomonlar ishtiroki ta’minlanadi.

Slide 1 of 1