Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Prezidentimizning Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrifi menda katta taassurot qoldirdi

🔹Joriy yilning 19-22-may kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Vengriya va Sloveniyaga rasmiy tashrif buyurdilar. Ushbu tashrif men kabi ko‘plab yurtdoshlarimizni quvontirdi, ruhlantirdi va kelajakka bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamladi.

     Prezidentimizning har bir xalqaro tashrifi yurtimiz manfaatlari yo‘lida amalga oshiriladi. Ammo bu galgi tashrif men uchun ayniqsa ahamiyatli bo‘ldi. Negaki, Vengriya va Sloveniya kabi rivojlangan Yevropa mamlakatlari bilan mustahkam iqtisodiy, ta’limiy va texnologiyaviy hamkorlik poydevori qo‘yilgani biz, yoshlar uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochadi.

🔹 Vengriya bilan oliy ta’lim, qishloq xo‘jaligi va farmatsevtika sohasida imzolangan kelishuvlar katta ahamiyatga ega. Endi venger texnologiyalari asosida yurtimizda yuqori samarali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiriladi. Bu nafaqat iqtisodiyotimizni, balki qishloq aholisining turmush farovonligini ham oshirishga xizmat qiladi.

     Eng e’tiborga molik jihat – venger universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yilishi. Bu yoshlarga Yevropada ta’lim olish imkoniyatini taqdim etishi, ularning bilim va ko‘nikmalarini zamon talablariga mos ravishda shakllantirishi aniq.

     Sloveniyadagi uchrashuvlar ham samarali kechdi. Ayniqsa, tibbiyot va raqamli texnologiyalar sohasida erishilgan kelishuvlar yurtimizda zamonaviy soha va xizmatlarni rivojlantirishga zamin yaratadi. Sloveniya kompaniyalari bilan hamkorlikda tibbiy uskunalar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish rejalashtirilayotgani – xalq salomatligiga berilgan e’tiborning yorqin namunasidir.

🔹O‘zbekiston o‘zining tashqi siyosatini izchil va faol olib borayotganini har bir ana shunday tashrif misolida ko‘rishimiz mumkin. Meni esa eng ko‘p quvontirgan jihat — Prezidentimiz har doim xalq manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yayotganidir. U kishi qaysi mamlakatga bormasin, birinchi navbatda ish o‘rinlari, ta’lim imkoniyatlari, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi xalq turmushiga daxldor masalalarni kun tartibiga qo‘yadi.

     Shu bois, bu kabi tashriflar men uchun oddiy rasmiy uchrashuvlar emas, balki yurtimizning ertangi kunini yoritib beruvchi muhim qadamlardir. O‘ylaymanki, har bir fuqaro bu jarayonlarda o‘z o‘rni va mas’uliyati borligini his etishi kerak.

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Sadirov

Slide 1 of 1