Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутатлик фаолияти
янв.21
ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ТАДБИРЛАРИ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
Navbahor tumanidagi “Qorovultepa” mahallasida ijtimoiy soha obyektlarida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
КУЗ-ҚИШ МАВСУМИГА ТАЙЁРГАРЛИК ИШЛАРИ КЎЗДАН КЕЧИРИЛДИ.
янв.21
Ishonchni qozonish — masʼuliyatdir
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
Фуқаролар муаммолари доимий ўрганилмоқда
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
Ўзбекистон Республикаси Президентди Ш.М.Мирзиёевнинг Венгрия ва Словенияга амалга оширган расмий ташрифлари натижалари
янв.21
Ўзбекистоннинг дунё саҳнасидаги зафарли қадами
Karmana tumanida “Nuroniylar maskani” va boshqa ijtimoiy obyektlarning qurilishi ko‘zdan kechirildi.

Kuni kecha Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi raisi Valijon Adizov, viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi Sh.Nabiyev, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi O‘.Rajabov hamda boshqa mas’ul rahbarlar tumandagi bir qator ijtimoiy obyektlar, jumladan yangidan barpo etilgan va foydalanishga topshirilish arafasida bo‘lgan “Nuroniylar maskani” hamda qurilishi davom etayotgan inshootlarda bo‘lishdi.

“Nuroniylar maskani” – nuroniylarimiz uchun barcha shart-sharoitlarga ega bo‘lgan zamonaviy majmua bo‘lib, bu yerda faxriylarimiz sport bilan shug‘ullanishlari uchun shashka-shaxmat xonasi, sport zali, nuroniylar va yoshlar uchun zamonaviy kutubxona, tuman gazetasining tahririyati uchun alohida xonalar, “Buvijonlar maktabi” a’zolari faoliyat yuritishi uchun mo‘ljallangan xonalar ajratilgan. Mazkur maskanni to‘liq jihozlash, qulayliklarni yanada oshirish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, hokimlik vakillari va jamg‘arma rahbarlari qurilishi davom etayotgan boshqa ijtimoiy obyektlarda ham bo‘lib, ularning borish jarayonini ko‘zdan kechirdilar. Qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, yuqori sifat bilan yakunlash bo‘yicha mas’ullarga qat’iy vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 5