Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholiga o`zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko`rsatilishi holati o`rganildi.
янв.21
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Davlat xizmatlari va FHDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.
янв.21
"Narpay tajribasi" asosida o`rganish olib borilmoqda!
янв.21
Bolalar xavfsizligi — ustuvor vazifa!
янв.21
"SALOVAT" MAHALLASI HAR TOMONLAMA XAVFSIZ VA FAROVON HUDUDGA AYLANADI
янв.21
"Harbiy vatanparvarlik" tadbiri o'tkazildi.
янв.21
Dastur ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
"Obod koʻcha- obod xonadon-obod mahalla" dasturiga tushgan Boʻston mahallasida ishlar qizg'in davom etmoqda.
SAYLOVCHILAR BILAN OʻTKAZILGAN UCHRASHUVLARDA QATOR MUAMMOLI MASALALARGA YECHIM TOPMOQDA

 Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashiga 18-Yuqoribogʻ saylov okrugidan saylangan deputat G.Kurbanbayeva Urganch tumani “Uyshin” mahallasidagi saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda aholi gaz balonlari yetarlicha berilmayotganligi, aholi uylaridan chiqindi chiqmasa ham pul talab qilinayotganligidan norozi ekanligini bayon qildi. 

Shuningdek, pensiya puli kam chiqqanligi, sogʻligini tiklash va moddiy yordam masalalarida murojaatlar kelib tushdi. 

Bundan tashqari 29-sonli oilaviy poliklinika filialida laboratoriya boʻlimini ochib berish soʻraldi. Chunki shu hududda 11 mingdan ziyod aholi yashaydi va ular birlamchi tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun uzoq masofaga borishlarini bildirishdi.

Yuqoridagi masalalar deputat tomonidan oʻrganib chiqildi va joyida hal qilinmagan murojaatlar boʻyicha tegishli tashkilotlarga deputat soʻrovi yuborilib, nazoratga olindi.

Saylovchilar bilan bunday uchrashuvlar oʻtkazilishi davom ettiriladi.  

Slide 1 of 4