Yangiliklar

14-yanvar - "Vatan himoyachilari kuni!"

Juma shahridagi "Yangi O‘zbekiston" maydonida 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tuman hokimi, xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi raisi Sherzod Rahmonov sektor rahbarlari faol fuqarolar va xalq vakillari ishtirok etgan tadbir davomida, harbiy orkestr va qurol-aslahalar yarmarkalari, jangovar chiqishlar namoyish etildi.

Shuningdek, bir qator harbiy va Mudofaa tizimi xodimlariga tashakkurnomalar hamda qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

Tumanimizning iste'dodli san'atkorlari tomonidan qilinayotgan turli ko'ngilochar chiqishlar va konsert dasturlari bayramga o'zgacha shukuh baxsh etdi.

Slide 1 of 4