Xalq bilan muloqot hayotdagi muammolarni oydinlashtiradi. Bu jarayonda deputatlar ham aholi bilan uchrashib, ularning taklif-istaklari bilan qiziqyapti, hayotda uchrayotgan muammolarga yechim topishga harakat qilmoqda, mahallama-mahalla yurib, odamlarning dardu tashvishini eshitmoqda.
Shu boisdan bugun 11-dekabr kuni xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari A.Ashurov va H.Jo‘rayevlar Termiz shahridagi “Saxovat” hamda “Tinchlik” mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi. Uchrashuvda mahalla raisi, o‘rinbosarlari va mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi, mahalla faollari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan ularning qiynab kelayotgan muammo va takliflari tinglanib, huquqiy maslahatlar berildi va tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi. Fuqarolarning murojaatlari yuzasidan deputatlik nazorati o'rnatildi.