#nazorat_tahlil #deputat_okrugida
#kotibiyat_xodimi_faoliyati #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik
“Zarbdor” mahallasidagi ishlar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 19-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat - tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev o‘z saylov okrugidagi “Zarbdor” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish davomida mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi bilan ishlash holati hamda hududda mavjud muammolar ko‘rib chiqildi. Aniqlangan masalalarni bartaraf etish, fuqarolar uchun qulay sharoitlarni yaxshilash va mahalla faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan mahalla raisi bilan muhokamalar o‘tkazildi.
Shuningdek, mavjud muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda ularning ijrosini kuzatib borish bo‘yicha kelishib olindi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram