#kunlik_ish_reja_ijrosi #nazorat_tahlil #kotibiyat_xodimi_faoliyati
“Bog‘iston” mahallasida yo‘l qurilishi ishlari o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashiga 17-Bog‘iston saylov okrugidan deputat U.Xo‘shboqovning saylov okrugidagi “Bog‘iston” mahallasida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev mahalla raisi bilan birgalikda hududda dastur asosida amalga oshirilayotgan yo‘l qurilishi ishlarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida Bog‘iston ko‘chasining 1 kilometrlik qismida asfaltlash ishlari yakunlangani ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, yo‘lning qolgan qismlarida ham qurilish-ta’mirlash ishlari izchil davom ettirilayotgani qayd etildi.
Mazkur ishlarning sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi, yo‘lning qolgan qismlarini ham ta’mirlash ishlarini yakunlash masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram