35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР ЮЗАСИДАН ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАСИДАГИ ИЧКИ ДОРИХОНАДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#24_masala ✅Хафталик "Иш режа асосида“⚖️ ҚАРОР ИЖРОСИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ: БАЖАРИЛГАН ИШЛАР СИФАТИ ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ОСТИДА
янв.21
#24_masala ✅Котибият "Иш режа асосида“ 🏘 КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ ДАСТУРЛАРИ — ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ОСТИДА
янв.21
#24_masala ✅Котибият "Иш режа асосида“ 🔷“Ёшлар масалалари – депутатлик назоратининг устувор йўналиши
янв.21
#24_masala ✅Котибият "Иш режа асосида“ Маҳалла раиси раҳбарлигидаги «маҳалла еттилиги» фаолияти: муаммолар қандай ҳал этилмоқда ва тизимда қандай камчиликлар мавжуд?
янв.21
#24_masala ✅Котибият "Иш режа асосида“ Ижтимоий хизматлар сифати ва нафақа тайинлаш жараёнлари ўрганилди.
янв.21
#24_masala ✅Котибият "Иш режа асосида“ Депутатлик назорати амалда:Эшабод маҳалласида “еттилик” фаолияти ўрганилди
янв.21
⚡️ ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ АСОСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
⚖️ ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АСОСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТИГА АМАЛИЙ ЕЧИМ ТОПИЛДИ
янв.21
Халқ депутатлари Наманган туман Кенгаши депутати Холиқов Хасанбой Комилович томонидан ўтказилган учрашувда ахоли томонидан кўтарилган муаммолар атрофлича ўрганилди.
KENGASH RAISI TOMONIDAN PARKENT TUMANIDAGI ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 14-“Cho‘qqayma” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi raisi Dadamatov Faxriddin Janobovich tomonidan deputatlik nazorati va jamoatchilik nazorati doirasida Parkent tumani elektr tarmoqlari korxonasi faoliyati o‘rganildi.O‘rganish jarayonida Kengash raisi tomonidan Parkent tumanida elektr energiyasi ta’minotining barqarorligi, mavjud elektr tarmoqlari va transformator punktlarining holati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan korxona boshlig‘i M.Mirxamidovning hisoboti tinglanib, amalga oshirilgan ishlar va mavjud holat bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.Korxona boshlig‘i tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Parkent tumani elektr ta’minoti tasarrufida jami 371 ta transformator punkti mavjud. Tadbirlar boshidan buyon transformator punktlarida ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari izchil amalga oshirilib,167 ta transformator punkti ta’mirlandi. Shuningdek, 2026-yilda “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish” dasturi doirasida 39 ta transformator punktida va 143,1 km havo tarmoqlarida mukammal ta’mirlash, 115 ta transformator punktida hamda 502,92 km havo tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan. Bugungi kunga qadar 38 ta transformator punktida va 132,1 km havo tarmoqlarida mukammal,75 ta transformator punktida hamda 388,02 km havo tarmoqlarida joriy ta’mirlash ishlari bajarilgan.O‘rganishlar davomida korxonaning omborxonasi ham ko‘zdan kechirildi.Omborda transformator moyi, izolyatorlar hamda zarur ehtiyot qismlar zaxirasi shakllantirilgani qayd etildi. Mazkur zaxiralar elektr ta’minoti tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kutilmagan nosozliklarni tezkor bartaraf etish va ta’minotdagi uzilishlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.Shuningdek, korxonada elektr ta’minotini nazorat qilish va tahlil etishga xizmat qiluvchi zamonaviy ASKUE raqamli monitoring tizimi faoliyati ham o‘rganildi.Mazkur tizim orqali tuman hududidagi elektr energiyasi yuklamalarini masofadan turib kuzatish va tahlil qilish imkoniyati mavjud.O‘rganish davomida elektr yuklamasi yuqori bo‘lgan hududlar aniqlanib, elektr ta’minoti tizimi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab
olindi.Ma’lumot berilishicha, tumandagi Qirg‘izovul, Kichikqo‘rg‘on,Chinorbuloq, Nevich, Navro‘z va Cho‘qqayma mahallalarida elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan ta’mirlash ishlari olib borilgan. Xususan, eskirgan tayanchlar o‘rniga yangi temir-beton tayanchlar o‘rnatilib, elektr tarmoqlari va transformator punktlari ta’mirlangan.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi PQ-330-son qarori ijrosi doirasida Parkent tumanining Bo‘ston, Soy, Surxi, Boyqozon, Oqtepa va Samarobod mahallalarida iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 5 ta transformator punkti hamda 40,7 km uzunlikdagi 0,4–10 kV elektr tarmoqlari rekonstruksiya va modernizatsiya qilinib, 888 ta temir-beton tayanch o‘rnatilgan. 2026-yilda mazkur hududlardagi xonadonlar yangi qurilgan elektr tarmoqlariga to‘liq ulab berilgan.O‘rganish yakunida Kengash raisi tomonidan elektr ta’minoti barqarorligini yanada mustahkamlash, raqamli monitoring imkoniyatlaridan samarali foydalanish, amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 8