35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
СЕССИЯ КУН ТАРТИБИДАГИ МАСАЛАЛАР ЮЗАСИДАН ТУМАН ТИББИЁТ БИРЛАШМАСИДАГИ ИЧКИ ДОРИХОНАДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ЎТКАЗИЛДИ
янв.21
#24_masala ✅Хафталик "Иш режа асосида“⚖️ ҚАРОР ИЖРОСИ ЖОЙИДА ЎРГАНИЛДИ: БАЖАРИЛГАН ИШЛАР СИФАТИ ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ОСТИДА
янв.21
#24_masala ✅Котибият "Иш режа асосида“ 🏘 КАМБАҒАЛЛИКНИ ҚИСҚАРТИРИШ ДАСТУРЛАРИ — ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ ОСТИДА
янв.21
#24_masala ✅Котибият "Иш режа асосида“ 🔷“Ёшлар масалалари – депутатлик назоратининг устувор йўналиши
янв.21
#24_masala ✅Котибият "Иш режа асосида“ Маҳалла раиси раҳбарлигидаги «маҳалла еттилиги» фаолияти: муаммолар қандай ҳал этилмоқда ва тизимда қандай камчиликлар мавжуд?
янв.21
#24_masala ✅Котибият "Иш режа асосида“ Ижтимоий хизматлар сифати ва нафақа тайинлаш жараёнлари ўрганилди.
янв.21
#24_masala ✅Котибият "Иш режа асосида“ Депутатлик назорати амалда:Эшабод маҳалласида “еттилик” фаолияти ўрганилди
янв.21
⚖️ ДЕПУТАТЛИК СЎРОВИ АСОСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТИГА АМАЛИЙ ЕЧИМ ТОПИЛДИ
янв.21
⚡️ ДЕПУТАТЛИК НАЗОРАТИ АСОСИДА АҲОЛИ МУРОЖААТИ ЎРГАНИЛДИ
янв.21
Халқ депутатлари Наманган туман Кенгаши депутати Холиқов Хасанбой Комилович томонидан ўтказилган учрашувда ахоли томонидан кўтарилган муаммолар атрофлича ўрганилди.
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

Yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, aholiga zamonaviy va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar ijrosi ustidan jamoatchilik va deputatlik nazoratini kuchaytirish ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 8-«Tallashqon» saylov okrugidan saylangan deputat Kenjayeva Mazluma, tuman Kengashi deputati T. Tangirov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyev bilan hamkorlikda «Oriyat» mahallasida joylashgan aholiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasasi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida tashkil etilib, unda muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati, tibbiy yordamning o‘z vaqtida va samarali tashkil etilishi, dori vositalari bilan ta’minlanganlik holati, tibbiy jihozlardan foydalanish samaradorligi hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.

Deputatlar muassasaning qabul xonalari, davolash xonalari, dori vositalarini saqlash sharoitlari hamda tibbiyot xodimlarining mehnat faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida muassasa mas’ullari tomonidan deputatga amaliy yordam talab etadigan ayrim muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Xususan, tibbiyot muassasasida doimiy saqlanishi lozim bo‘lgan dori vositalari uchun ajratilgan maxsus xonada sovitish uskunasi (konditsioner) mavjud emasligi sababli dori vositalarini ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan harorat rejimini to‘liq ta’minlash imkoniyati cheklanayotgani qayd etildi. Bu esa ayrim dori vositalarining belgilangan saqlash sharoitlarini ta’minlashda qiyinchilik tug‘dirayotganligi ta’kidlandi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan maxsus murojaatlarni qayd etish daftariga belgilangan tartibda ro‘yxatga olinib, muammoni bartaraf etish yuzasidan Muzrabot tuman tibbiyot birlashmasiga deputatlik so‘rovi yuborilishi hamda uning ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi belgilandi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 3-mayda qabul qilingan «Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi ham maxsus savolnoma asosida tahlil qilindi. Muassasada qonun talablariga rioya etilishi, profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi hamda aholiga tushuntirish ishlari olib borilishi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, dori vositalarini saqlash bo‘yicha zarur sharoitlarni yaratish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat samaradorligini yuksaltirish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 7