Yangiliklar

Deputat tibbiyot muassasasi faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati, 21-Taraqqiyot saylov okrugidan saylangan Mamadiyev Abduxalil Shodmonkulovich Galabotir mahallasida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi 8-sonli oilaviy poliklinikaga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida deputat muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, shifokorlarning o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan yondashuvi hamda bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holatini atroflicha o‘rgandi.

Shuningdek, tibbiyot xodimlarining faoliyati, aholiga xizmat ko‘rsatish jarayonining samaradorligi yuzasidan fikr almashilib, mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🌐 t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 5