Tumanda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, fermer va dehqonlarning faoliyatini o‘rganish maqsadida tuman hokimi Kengashi deputati tomonidan hududlarda o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida fermer xo‘jaliklarida ekin maydonlarining holati, agrotexnik tadbirlarning bajarilishi, sug‘orish tizimi va mavjud muammolar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fermerlar bilan muloqot qilinib, ularning taklif va muammolari tinglandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qishloq xo‘jaligi ishlarini samarali tashkil etish hamda hosildorlikni oshirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bunday o‘rganishlar qishloq xo‘jaligi sohasini yanada rivojlantirish va fermerlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.