Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi deputati B.Elboyev tomonidan “Miraki” MFYdagi chiqindi muammosi bo‘yicha yuborilgan so‘rovga ijobiy javob olindi.
Hozirda “BI SAY” MChJ tomonidan hududda quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda:
🔹 Maxsus texnikalar GPS tizimi orqali onlayn nazorat qilinib, chiqindilar grafik asosida har kuni olib chiqib ketilmoqda.
🔹 Chiqindi to‘planishining oldini olish uchun texnikalar harakati to‘liq quvvatda yo‘lga qo‘yilgan.
⚠️ Hurmatli mahalla ahli!
Atrof-muhit tozaligi va farzandlarimiz salomatligi o‘z qo‘limizda. Sizdan chiqindilarni faqat belgilangan hududlarga va maxsus konteynerlarga tashlashingizni so‘rab qolamiz.
Unutmang, tozalik bor joyda baraka va sog‘lik bo‘ladi. Mahalla obodligiga befarq bo‘lmaylik!