Yangiliklar

Murojaatnoma mazmun-mohiyatini aholiga yetkazilmoqda

 Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalar va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida joylarda targ‘ibot qilinmoqda

Xususan, xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati B. Sadikova tomonidan Imom Ota MFY fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazilib, Murojaatnomada ilgari surilgan g‘oyalar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘nalishlari hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar atroflicha tushuntirildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatilib, ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Murojaatnomada belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishda jamoatchilik faolligi muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Mazkur yo‘nalishdagi targ‘ibot ishlari kelgusida ham izchil davom ettiriladi

Slide 1 of 3