Aholi murojaatlarining ijobiy yechim topishida, joylardagi muammolarni hal etilishida deputatlarning aholi bilan uchrashuvlari, mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi ishlari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Toyloq tumani Kengashi deputati M.Aminova tomonidan “Charag‘bon ” mahallasida yettilik bilan o‘tkazilgan suhbat ham shu haqda bo‘ldi. Suhbat davomida aholi murojaatlarini hal etilishi, shuningdek, mahallada "mahalla yettiligi" tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
Deputat va yettilik tomonidan hamkorlikda qilinadigan ishlar yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olinib, tadbirkorlik faoliyati, ijtimoiy yordam masalasida murojaatlar bilan kelgan fuqarolarning murojaatlari tenglanib,
murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.