“Adolat” SDP ning “Korrupsiyaga qarshi kurash oyligi” doirasida Surxondaryo viloyati Kengashi vakillari va deputatlar hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasida “Davra suhbati” tashkil etildi.
Davra suhbatida viloyat Kengashi raisi Rustam Hamrayev va Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati, Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Abdukadir Mustafakulov o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.