Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Deputatning “Bahor” mahallasidagi uchrashuvi
янв.21
Bolalarga yordam – mehr va e’tibor ramzi
янв.21
Kambag’allikka qarshi kurash – natija va mas’uliyat
янв.21
Navbatdagi Namangan shahar Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Namangan shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va ta’lim-tarbiyasi — dolzarb masalalar muhokamada
янв.21
Deputat nazorati — amaliy natija bilan.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani "Shirin" mahallasidagi 51-umumta'lim maktabida Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Xurshid Jo‘raxolov bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir davomida deputat mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar hamda yoshlarga oid davlat siyosati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuvda bitiruvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan deputatga murojaat qilishdi. Jumladan, ularni oliy ta’limga kirish tartiblari, bandlik masalalari, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha berilgan imkoniyatlar qiziqtirdi.

Deputat yoshlarning har bir savoliga batafsil javob berib, ularni faol, bilimli va tashabbuskor bo‘lishga chaqirdi. Shuningdek, u yoshlarga kelajakda o‘z kasbiga sodiq bo‘lib, Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilish zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tdi. 

Slide 1 of 1