Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Boburshoh mahallasida jinoyat yuzasidan jamoatchilik muhokamasi o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining Suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqot
янв.21
Deputatning “Bahor” mahallasidagi uchrashuvi
янв.21
Bolalarga yordam – mehr va e’tibor ramzi
янв.21
Kambag’allikka qarshi kurash – natija va mas’uliyat
янв.21
Navbatdagi Namangan shahar Kengashi doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Namangan shahar Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi
янв.21
Yoshlar xavfsizligi va ta’lim-tarbiyasi — dolzarb masalalar muhokamada
янв.21
Deputat nazorati — amaliy natija bilan.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Karomat Karimova o‘z saylov okrugi hududida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Mazkur tadbir "A.Navoy" mahallasi 3-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi binosida, I-chorak yakuni bo‘yicha o‘z faoliyati yuzasidan axborot berib o‘tdi.

Uchrashuv davomida deputat mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilik jarayonidagi yangiliklar, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Saylovchilar esa o‘z hududlari va kundalik hayotdagi dolzarb masalalarni ko‘tardilar — jumladan, yo‘l va infratuzilma, ichimlik suvi ta’minoti, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridagi muammolar muhokama qilindi.

Deputat har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ayrim masalalar bo‘yicha joyida hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgiladi, ayrim murojaatlar esa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ko‘rib chiqilishi uchun yozib olindi.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Saylovchilar deputat faoliyatidan mamnun ekanliklarini bildirib, bunday uchrashuvlar muntazam o‘tkazilishini ma’qulladilar.

Slide 1 of 3