Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: GAZ TA’MINOTI TIZIMIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK” MAHALLASIDA YANGI TIBBIYOT MUASSASASINI ISHGA TUSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
NAMANGAN VILOYATIDA AHOLINI KO‘MIR BILAN TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA TISH DAVOLASH POLIKLINIKASI FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISH BILAN BOG‘LIQ MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
NAMANGANDA 10 MINGDAN ORTIQ TURDAGI MAHSULOTLAR JAMLANGAN YANGI SAVDO MARKAZI ISH BOSHLADI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK OBYEKTI FAOLIYATI QONUNCHILIK TALABLARI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
SHAXSIY QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI YUZASIDAN ANIQ CHORA-TADBIRLAR BELGILANDI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA CHIQINDIXONALAR SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

MAISHIY CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH VA CHIQINDIXONALAR SANITARIYA HOLATINI YAXSHILASH YUZASIDAN DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-“Tolbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar hamda “Fayzobod”, “Tolbuloq”, “Oydin” va “Said ota” mahallalarida fuqarolar bilan muloqotlar davomida ko‘tarilgan muammolar yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.
❇️ O‘rganishlar davomida “Qiziltog‘” shaharchasidagi chiqindi to‘plash maydonchalaridan maishiy chiqindilarni olib chiqishda uzilishlar kuzatilayotgani, buning oqibatida ko‘p kvartirali uylar hududlarida chiqindilar to‘planib qolayotgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, ayrim chiqindi to‘plash maydonchalarining kadastr hujjatlari mavjud emasligi va ularning tegishli korxona balansida emasligi sababli sanitariya holati ustidan tizimli nazoratni tashkil etishda muammolar mavjudligi aniqlandi.
❇️ Aniqlangan muammolar yuzasidan deputat tomonidan Parkent tuman hokimining o‘rinbosari Sh. Akramovga 2026-yil 21-oktabrdagi 60-ds-485-26-sonli deputat so‘rovi yuborildi.
So‘rovda chiqindi to‘plash maydonchalarini xatlovdan o‘tkazish, ularning huquqiy maqomini aniqlashtirish, maishiy chiqindilarni belgilangan muddatlarda muntazam olib chiqishni ta’minlash, xizmat ko‘rsatishdagi uzilishlarni bartaraf etish hamda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish bo‘yicha shartnomaviy majburiyatlarni qayta ko‘rib chiqish masalalari yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.
✅ Mazkur deputat so‘rovi aholi uchun qulay va sanitariya talablariga javob beradigan muhitni ta’minlash, chiqindilar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini topishga qaratilgan.
✅ Deputatlik nazorati — aholi muammolarini aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha mas’ullar oldiga aniq vazifalarni qo‘yishning muhim vositasidir.

Slide 1 of 1