Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: GAZ TA’MINOTI TIZIMIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK” MAHALLASIDA YANGI TIBBIYOT MUASSASASINI ISHGA TUSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
NAMANGAN VILOYATIDA AHOLINI KO‘MIR BILAN TA’MINLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA TISH DAVOLASH POLIKLINIKASI FAOLIYATINI YO‘LGA QO‘YISH BILAN BOG‘LIQ MASALALAR O‘RGANILDI
янв.21
NAMANGANDA 10 MINGDAN ORTIQ TURDAGI MAHSULOTLAR JAMLANGAN YANGI SAVDO MARKAZI ISH BOSHLADI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SHODLIK MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK OBYEKTI FAOLIYATI QONUNCHILIK TALABLARI ASOSIDA O‘RGANILDI
янв.21
SHAXSIY QABULDA FUQAROLAR MUROJAATLARI YUZASIDAN ANIQ CHORA-TADBIRLAR BELGILANDI
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
O‘zbekiston–Xitoy hamkorligi: iqtisodiy taraqqiyot va yangi imkoniyatlar

🔰#munosabat

O‘zbekiston–Xitoy hamkorligi: iqtisodiy taraqqiyot va yangi imkoniyatlar

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim muloqotdir.
🌏Deputat sifatida ta’kidlashni istardimki, xalqaro hamkorlikning haqiqiy samarasi, eng avvalo, uning xalqimiz hayotida qanday ijobiy o‘zgarishlar yaratishi bilan o‘lchanadi. Shu nuqtayi nazardan, Xitoy bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, sanoat va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish alohida ahamiyatga ega.
🌏Uchrashuvda qo‘shma loyihalar portfelining qariyb 60 milliard dollarga yetgani va 6 mingdan ziyod qo‘shma korxona tashkil etilgani qayd etildi. “Yashil” energetika, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, infratuzilma va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik istiqbollari esa iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
🌏Menimcha, ushbu hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri — investitsiyalarni hududlar rivojiga yo‘naltirishdir. Jumladan, Buxoro viloyati va Jondor tumanida ham tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda yoshlar uchun munosib ish o‘rinlari yaratish borasida hamkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarur.
🌏Deputatlik faoliyatimda men uchun eng muhim mezon — amalga oshirilayotgan tashabbuslarning aholi turmush darajasiga ta’siridir. Shu bois xalqaro kelishuvlarning amaliy ijrosi, yaratilayotgan imkoniyatlarning hududlarga yetib borishi va yangi loyihalarning natijadorligi doimiy e’tiborda bo‘lishi lozim.
🌏Ishonchim komilki, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni amaliy natijalar bilan boyitish mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash, hududlar taraqqiyotini jadallashtirish va xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Quvondiq Safarov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining мahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt