Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YAKKASADA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALIY NATIJA BERMOQDA: CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATILMOQDA
янв.21
“GULBOG‘” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
NAMANGAN SHAHRIDA FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NURAFSHON” MAHALLASIDA KOMMUNAL XIZMATLAR KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PAXTA YIG‘IM-TERIMIDA FAOL ISHTIROK ETAYOTGAN TERIMCHILAR RAG‘BATLANTIRILDI
янв.21
24 TALIK TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA 1-UMUMTA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
24 TALIK TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA NAMANGAN SHAHAR
янв.21
DEPUTAT S. GAPPAROVA SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Namangan viloyati Kengashi kotibiyati mudiri T. G‘apporov, Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda Namangan shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari 

A. Nurmatov va M. Abdulmajidovdan iborat ishchi guruh tomonidan haftalik ish rejasining ijrosi doirasida ko‘p qavatli uy-joylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning umumiy holati, aholi uchun zarur sharoitlar yaratilganligi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining holati hamda mavsum davomida ulardan barqaror foydalanishni ta’minlashga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash bilan bog‘liq masalalarni o‘z vaqtida hal etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish va aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalarning 11-bandida belgilangan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari doirasida amalga oshirildi.

Shuningdek, mavzuga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining 

2019-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-581-son “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni o‘rganildi.

Qonunda belgilangan talablar asosida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish, umumiy mol-mulkni saqlash va undan foydalanish bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, aholining kommunal xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash va aholi manfaatlariga daxldor masalalar yuzasidan nazoratni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4