Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, 5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan 2-Charx Kamolon mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash, ular uchun tashkil etilayotgan tadbirlarning samaradorligi, yoshlarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganishning asosiy maqsadi — mahallada yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish, ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish hamda yoshlar muammolarini o‘z vaqtida aniqlab, ularning ijobiy yechimiga ko‘maklashishdan iborat.