Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SAYLOVCHILAR OLDIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
CHAMAN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SHAHAR SOLIQ INSPEKSIYASIDA FUQAROLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SOLIQ INSPEKSIYASIDA KENGASH QARORLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLANGAN HUDUDDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANMOQDA
янв.21
NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI PAXTA YIG‘IM-TERIMIDA ISHTIROK ETDILAR
янв.21
Majnuntol MFY hududidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi
янв.21
Yoshlar festivali doirasida yoshlar bilan ishlash va profilaktika masalalariga e’tibor qaratildi
янв.21
“DAMBOG‘” MAHALLASIDA FUQARONING TIBBIY-IJTIMOIY VA KOMMUNAL MUAMMOLARI KO‘RIB CHIQILDI
SHAHAR SOLIQ INSPEKSIYASIDA FUQAROLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

SHAHAR SOLIQ INSPEKSIYASIDA FUQAROLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati mudiri 

N. Ubaydullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi 

M. Abdulmajidov tomonidan Namangan shahar soliq inspeksiyasida fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash holati va aholiga xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida fuqarolarni qabul qilish jarayoni, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, xizmat ko‘rsatish sifati hamda fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishildi. Shuningdek, aholining soliq masalalari bo‘yicha murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularga zarur tushuntirishlar berish va mavjud muammolarni hal etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar doirasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, davlat tashkilotlarida aholiga yaratilgan sharoitlarni baholash hamda aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish vazifalari bilan bog‘liq holda amalga oshirildi.

Shuningdek, Kengashning doimiy komissiyalari kesimidagi 162 ta qonun hujjati taqsimoti doirasida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-445-son, 2017-yil 11-sentabr) talablari asosida fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6