Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALIY NATIJA BERMOQDA: CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATILMOQDA
янв.21
“GULBOG‘” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
NAMANGAN SHAHRIDA FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
24 TALIK TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA 1-UMUMTA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
24 TALIK TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA NAMANGAN SHAHAR
янв.21
DEPUTAT S. GAPPAROVA SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI
янв.21
SAYLOVCHILAR OLDIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
CHAMAN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SHAHAR SOLIQ INSPEKSIYASIDA FUQAROLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SOLIQ INSPEKSIYASIDA KENGASH QARORLARI IJROSI O‘RGANILDI
DEPUTATLIK NAZORATI UCHUN SAVOLLAR TUZILDI

 DEPUTATLIK NAZORATI UCHUN SAVOLLAR TUZILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi tomonidan tumanda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish va elektron hukumat tizimini joriy etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida ishchi guruh shakllantirildi.
🔎 Ishchi guruh tomonidan o‘rganish jarayonida tegishli tashkilot va mas’ullarga beriladigan savollar ishlab chiqildi.
Savollar orqali:
▪️ elektron davlat xizmatlarining amaldagi holati;
▪️ aholining elektron xizmatlardan foydalanish darajasi;
▪️ mahallalarda internet va telekommunikatsiya xizmatlarining sifati;
▪️ elektron hukumat tizimlaridan foydalanish samaradorligi;
▪️ mavjud muammo va kamchiliklar;
▪️ ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar;
▪️ mas’ullar va ijro muddatlari aniqlashtiriladi.
📊 O‘rganish yakunlari asosida aniqlangan muammolar yuzasidan deputatlik takliflari ishlab chiqilib, ijrosi nazoratga olinadi.
🎯 Asosiy maqsad — tumanda raqamli xizmatlarning samaradorligini oshirish va aholiga qulay, tezkor hamda sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash.