Xonchorbog‘ mahallasida oilaning holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D.Jabborova tomonidan tuman Kengashi kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida Ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda Xonchorbog‘ mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
📍 O‘rganish davomida Xonchorbog‘ MFY, Xolis ko‘chasida istiqomat qiluvchi, tegishli reyestrda turuvchi Qobilova Sevara xonadoni holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
🔎 Xonadonning ijtimoiy sharoiti, mavjud muammolari, bandlik va daromad manbalari hamda oilaga zarur bo‘lgan ijtimoiy ko‘mak masalalari o‘rganildi.
🤝 Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, oilani qo‘llab-quvvatlash va muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
📌 Deputatlik o‘rganishlari — aholi muammolarini joyida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan.