XO‘JABULG‘ON MAHALLASIDA PIYoDALAR YO‘LAKChASI QURILIShI O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov tomonidan Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026 yil 3 martdagi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida Xo‘jabulg‘on mahallasida amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasi qurilish ishlari bilan tanishildi.
🔎 O‘rganish davomida qurilish jarayoni, bajarilayotgan ishlar holati hamda piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
🛣 Mazkur ishlar «Og‘ir tuman» dasturi doirasida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish va mahallalarni rivojlantirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarning bir qismi hisoblanadi.
✅ Qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida amalga oshirish hamda qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.