Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
YAKKASADA MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALIY NATIJA BERMOQDA: CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATILMOQDA
янв.21
“GULBOG‘” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
NAMANGAN SHAHRIDA FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NURAFSHON” MAHALLASIDA KOMMUNAL XIZMATLAR KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PAXTA YIG‘IM-TERIMIDA FAOL ISHTIROK ETAYOTGAN TERIMCHILAR RAG‘BATLANTIRILDI
янв.21
24 TALIK TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA 1-UMUMTA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
24 TALIK TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA NAMANGAN SHAHAR
янв.21
DEPUTAT S. GAPPAROVA SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI
Ishchi yig‘ilishda ustuvor vazifalar belgilandi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyatida Kengash raisi O.Axmatshayev raisligida ishchi yig‘ilish o‘tkazilib, hafta davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi va kelgusi vazifalar muhokama etildi.

Yig‘ilishda deputatlarning saylov okruglarida olib borgan o‘rganishlari, aniqlangan muammolarni bartaraf etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda deputatlik so‘rovlari ijrosi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosi va natijadorligiga e’tibor qaratildi.

Kelgusi haftaga rejalashtirilgan navbatdagi Kengash sessiyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, kun tartibidagi masalalarni sifatli tayyorlash, zarur hujjatlarni o‘z vaqtida shakllantirish va deputatlarni sessiyaga har tomonlama tayyorlash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Yig‘ilish yakunida deputatlik nazoratini kuchaytirish, murojaatlar yechimini ta’minlash hamda belgilangan vazifalar ijrosini tizimli nazorat qilib borish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 3