Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24 TALIK TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA 1-UMUMTA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
24 TALIK TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA NAMANGAN SHAHAR
янв.21
SAYLOVCHILAR OLDIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
DEPUTAT S. GAPPAROVA SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI
янв.21
CHAMAN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SHAHAR SOLIQ INSPEKSIYASIDA FUQAROLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SOLIQ INSPEKSIYASIDA KENGASH QARORLARI IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
TADBIRKORLIK FAOLIYATI VA AHOLI BANDLIGI MASALALARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLANGAN HUDUDDA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANMOQDA
янв.21
NAMANGAN SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI PAXTA YIG‘IM-TERIMIDA ISHTIROK ETDILAR
Sharof Rashidov tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi qoshidagi “Oila maskani”da “Ajrimlarning oldini olish — barchamizning mas’uliyatimiz” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi raisi Akbarova Shoira O‘ktamovna ishtirok etib, oilalarda tinchlik va totuvlikni ta’minlash, oilaviy nizolarning oldini olish hamda muammoli oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Tadbir davomida tumandagi ajrim yoqasida turgan 15 ta oilaning oilaviy muammolari va nizolarning kelib chiqish sabablari tuman Yarashuv komissiyasi tomonidan atroflicha o‘rganildi.
Muloqotlar jarayonida oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etish, o‘zaro hurmatni tiklash, er-xotin o‘rtasidagi mavjud tushunmovchiliklarga yechim topish yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida 5 ta oilani yarashtirishga erishildi. Eng muhimi, 7 nafar voyaga yetmagan farzandning to‘liq oilada tarbiyalanishi uchun imkoniyat yaratildi.

Slide 1 of 2