Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mehribon Tillayeva ta’lim sifati past deb topilgan 22-son maktabiga borib, ta’lim sohasi xodimlar bilan hamkorlikda kutubxona faoliyatini o‘rgandi .Zero "Milliy tiklanish"DP saylovoldi dasturida kutubxonalar faoliyatini yaxshilash, mutolaa madaniyatini oshirish vazifalari belgilangan edi. Deputat mavjud muammolarni o‘rgandi va faoliyatini yaxshilash maqsadida bajarilgan ishlar bilan tanishdi hamda takliflarni yozib oldi.