Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALIY NATIJA BERMOQDA: CHORRAHAGA SVETOFOR O‘RNATILMOQDA
янв.21
“GULBOG‘” MAHALLASIDA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
NAMANGAN SHAHRIDA FHDYO BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
24 TALIK TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA 1-UMUMTA’LIM MAKTABINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
24 TALIK TAVSIYA IJROSI DOIRASIDA NAMANGAN SHAHAR
янв.21
SAYLOVCHILAR OLDIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
DEPUTAT S. GAPPAROVA SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERDI
янв.21
CHAMAN MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
SHAHAR SOLIQ INSPEKSIYASIDA FUQAROLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SOLIQ INSPEKSIYASIDA KENGASH QARORLARI IJROSI O‘RGANILDI
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev tomonidan tumanning “Novobod” mahallasida fuqarolar qabulini o‘tkazdi.

🔵Qabul davomida bandlik masalasi bo‘yicha murojaat qilgan fuqarolarning ish bilan ta’minlanishi, ularga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berish, mehnatga layoqatidan kelib chiqqan holda munosib ishga yo‘naltirish hamda zarur hollarda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlaridan foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔵Kadastr masalasi bo‘yicha murojaatlarda fuqarolarning yer va ko‘chmas mulk obyektlariga oid hujjatlarini rasmiylashtirish, kadastr ma’lumotlarini aniqlashtirish hamda mavjud masalalarni belgilangan tartibda hal etish yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi.

🔵Shuningdek, chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati bilan bog‘liq murojaatlar ham qabul davomida muhokama qilindi. Aholi tomonidan hududlarda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, sanitar tozalikni ta’minlash va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash masalalariga e’tibor qaratildi.

🔵Deputat tomonidan har bir murojaat mazmun-mohiyatiga ko‘ra tinglanib, fuqarolarga masalalarni hal etishning belgilangan tartibi yuzasidan tushuntirishlar berildi. Vakolatli tashkilotlar ishtirokini talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mas’ullarga amaliy choralar ko‘rish yuzasidan takliflar kiritish belgilandi.

Slide 1 of 3